Biz bilan hamkorlik

FARG’ONALIK TOVAR ISHLAB CHIQARUVCHILAR, DEHQON VA FERMER XO’JALIKLARI HAMDA BOSHQA TADBIRKORLAR DIQQATIGA!

Hurmatli tadbirkor, Siz zamon bilan hamnafas va raqobatchilaringizdan doimo bir qadam oldinda bo’lishni xohlaysizmi? Ishlab chiqargan mahsulotingizni yoki do’koningizdagi tovarlarni zamonaviy usulda – Internet tarmog’i orqali sotishni-chi? Balki mahsulot (tovar, xizmat)laringizga boshqa hududlardan ham mutlaqo yangi mijozlarni topishni istarsiz?

Unda Farg’ona shahrida faoliyat ko’rsatayotgan “Fer Modern Service” xususiy korxonasi Sizni shartnoma asosida o’zaro hamkorlik qilishga – mahsulot (tovar, xizmat)lariingizni “SIM-SIM” onlayn savdo maydonchasi (Internet-do’koni) orqali realizatsiya qilishga taklif etadi! Biz Sizga mijozlarni jalb qilishning zamonaviy usullarini qo’llash – xaridorlar uchun elektron tarzda aksiyalar, mavsumiy chegirmalar, sovg’alar taklif etish orqali mahsulot (tovar, xizmat)laringizga boshqa hududlardan ham yangi mijozlarni topishingizga yordam beramiz!

Ayniqsa, tovar ishlab chiqaruvchilar, dehqon va fermer xo’jaliklari o’z mahsulotlarini butun O’zbekiston Respublikasi hududi bo’ylab va hatto qo’shni respublikalarga ham targ’ib qilish, ularni ulgurji narxlarda sotish uchun buyurtmalar qabul qilish imkoniyatiga ham ega bo’ladilar.

Hammasi oddiy: Siz mahsulot (tovar, xizmat)laringiz nomi, boshlang’ich narxi, fotosurati, boshqa xususiyatlari haqidagi zaruriy ma’lumotlarni bizga taqdim etasiz, biz esa ularni vositachilik xizmatlarimiz haqini qo’shgan holda www.sim-sim.uz manzildagi veb-saytimiz sahifalariga joylashtiramiz. Shundan keyin xaridorlar o’z kompyuteri, smartfoni yordamida yoki telefon orqali og’zaki tarzda xohlagan tovarlariga buyurtma berishadi, Sizga buyurtma uchun to’lovni o’tkazadi (yetkazish xarajatlarini qo’shgan holda). Kuryerlar buyurtmani qisqa muddatlarda xaridorning uyi yoki ish joyi manziliga yetkazib berishadi. To’lovlar plastik kartadan terminal, Click, Payme orqali yoki naqd pul shaklida qabul qilinishi mumkin. Sotilgan tovarlarning summasi boshlang’ich narxlari bo’yicha Sizga o’tkaziladi (vositachilik xizmatlari haqi sotilish narxidan ushlab qolinadi). Buyurtma bajarilganidan so’ng bir necha kun ichida vositachilik xizmatlari haqini bizning hisob raqamimizga o’tkazasiz. Hamkorlik bo’yicha barcha munosabatlar qonuniy ikki tomonlama shartnoma asosida, xaridorlar bilan munosabatlar esa Ommaviy oferta asosida tartibga solinadi.

Hamkorlik bo’yicha barcha kerakli ma’lumotlarni va yuzaga kelishi mumkin bo’lgan ko’plab savollaringizga javoblarni saytimizdan topishingiz mumkin! Shuningdek savollaringizni aloqa shakli orqali bizga yuborishingiz mumkin.

Unutmang! Elektron tijorat yildan yilga tezkor sur’atda yurtimizda ham rivojlanib bormoqda va kelgusi bir necha yil davomida eng asosiy tijorat usullaridan biriga aylanishi muqarrar. Shunday ekan, bu borada Siz ham o’z o’rningizni topishga va oldingi saflarda bo’lishga shoshiling! Sir emaski, kelgusida ko’pchilik tadbirkorlar o’z internet-do’koniga ega bo’lishlari mumkin. Unga qadar esa, bunday imkoniyatni Sizga biz taqdim etamiz. Bu bilan biz Sizning alohida internet-do’kon yaratish, asosiysi esa bunday saytni doimiy yangilab turish va texnik qo’llab-quvvatlash bilan bog’liq harajatlaringizni qisqartiramiz.

Agar taklifimiz Sizni qiziqtirib qo’ygan bo’lsa, biz bilan bog’laning yoki Tadbir anketasini yo’llab, o’z korxonangiz, sotiladigan mahsulotlaringiz haqida bizga ma’lum qiling (Avvalo Internet-do’kon orqali sotilishi yoki reklama qilinishi taqiqlangan mahsulot (tovar, xizmat)lar ro’yxati bilan tanishib chiqishingizni tavsiya qilamiz). Qisqa muddatda biz Siz bilan bog’lanib, hamkorlik shartlari haqida ma’lum qilamiz, shartnomaning elektron nusxasini yuboramiz. Yuridik va pochta manzili Farg’ona shahridan uzoqda joylashgan tadbirkorlar shartnomani masofaviy tarzda rasmiylashtirish imkoniyatidan foqdalanishlari mumkin (barcha original hujjatlar almashinuvi hamkorlik yo’lga qo’yilganidan keyin pochta xizmati orqali amalga oshirilishi mumkin).

Saytimizda tadbirkorlar o’z tovarlari ma’lumotlarini maxsus shablon asosida bizga yo’llashlari yoki masofaviy tarzda mustaqil joylashtirishlari, ularni o’zgartirishlari uchun alohida Tadbirkor kabineti ham ajratiladi (Ushbu sahifa faqat saytda tadbirkor sifatida ro’yxatdan o’tgan va tegishli shartnomani imzolagan shaxslar uchun mo’ljallangan).

Hamkorlik bo’yicha qo’shimcha ma’lumotlarni sayt asosiy menyusining (yoki o’ng tomondagi mobil menyuning) “Yordam / Tadbirkorlar uchun” bo’limidan topishingiz mumkin.

 

Получите Скидку в 2% Сейчас!

Зарегистрируйтесь сейчас и получите бесплатный купон-код по электронной почте!
 Зарегистрироваться прямо сейчас

Tovarlarga Telegramdagi @sim_sim_gr guruhimiz orqali ham buyurtma berishingiz mumkin! Bekor qilish

Buyurtma qo`shish Tovar omborda tugagan! Lekin biz Sizni tovar omborga kelganda xabardor qilishimiz mumkin. Iltimos, email manzilingizni qoldiring.
You need to Login for joining waitlist.
Cart
Your cart is currently empty.
SiM-SiM