Kredit va muddatli to’lov (rassrochka)

Kredit/Bo’lib to’lash (rassrochka) orqali sotib olish 
Biz Internet do’konimiz mijozlariga ayrim turdagi tovarlarni 3 yilgacha kredit orqali yoki 12 oygacha uzaytirilgan muddatda bo’lib to’lash orqali sotib olish imkoniyatini taqdim etamiz. Buyurtma uchun oldindan to’lov buyurtma narxining 25 foizini tashkil etadi. Qolgan summa oylar bo’yicha taqsimlanadi. Oldindan to’lov va oyma-oy to’lovlarning summasi tegishli tovar sahifasida ko’rsatiladi (Kredit/bo’lib to’lash bo’limi).

Qanday tovarlarni kredit/bo’lib to’lash orqali sotib olish mumkin?
Kredit/bo’lib to’lash orqali quyidagi turdagi tovarlarni sotib olish mumkin:

  • Maishiy texnika
  • Kompyuter texnikasi
  • Smartfonlar va planshetlar

Buyurtma tarkibidagi tovarlarning jami summasi 500 ming so’mdan kam bo’lmasligi kerak. Buyurtmaga asosiy texnika uchun butlovchi qismlar yoki ehtiyot qismlarni ham kiritish mumkin. Bunda har bir alohida tovarning narxi 50 ming so’mdan kam bo’lmasligi kerak. Qulaylik uchun bunday tovarlar kartochkasining yuqori o’ng tomonida “Kredit/Bo’lib to’lash” yozuvi ko’rsatiladi.

Buyurtma berish tartibi:
Tegishli tovar(lar)ni tanlang; 
Buyurtmani rasmiylashtiring;
Siz bilan Internet do’kon xodimi bog’lanib, yetkazib berish joyi va muddatlarini aniqlashtiradi; 
Manzilingizga borgan kuryerimizga tegishli hujjatlar nusxalarini taqdim etasiz; 
Ijobiy qaror qabul qilinganidan so’ng oldindan to’lovni o’tkazasiz.

Kredit/Bo’lib to’lash shartlari:
Farg’ona viloyatining Farg’ona, Marg’ilon, Quvasoy shahri yoki Qo’shtepa, Farg’ona tumani propiskasi. Xaridorning yoshi 25-60 yosh oralig’ida bo’lishi kerak.

Talab qilinadigan hujjatlar:
Pasport (originali va nusxasi).
Ish joyidan ma’lumotnoma (original).
Kredit orqali sotib olinadigan taqdirda, tegishli bank boshqa ayrim hujjatlarni talab qilishi ham mumkin.

Kredit/Bo’lib to’lashni inkor qilish:
Sotib olinayotgan tovarlar summasi va bo’lib to’lashning tanlangan muddatiga qarab, mijozning to’lov qobiliyatini o’rganish maqsadida Internet do’kon ayrim qo’shimcha hujjatlarni ham talab qilish, shuningdek, sababini tushuntirmagan holda kredit/bo’lib to’lash bo’yicha arizani inkor qilish huquqini o’zida saqlab qoladi. Kredit orqali sotib olinadigan holda, kredit ajratish yoki inkor qilish tog’risidagi qarorni tegishli bank qabul qiladi.

Qaror qabul qilish va buyurtmani yetkazib berish muddatlari:
Kredit ajratish muddati bank tomonidan aniqlanadi va ariza hamda hujjatlar taqdim etilgandan keyin ko’pi bilan taxminan 5 kunni tashkil qiladi.
Bo’lib to’lash haqida qaror Internet do’kon tomonidan va ariza hamda hujjatlar taqdim etilganidan keyin ko’pi bilan 1 sutka davomida qabul qilinadi.
Tovar(lar)ni yetkazib berish muddati ijobiy qaror qabul qilinganidan va oldindan to’lov o’tkazilganidan keyin ko’pi bilan 3 kunga teng. Kredit/Bo’lib to’lash orqali sotiladigan tovarlarni yetkazib berish yuqorida belgilangan hududlarda bepul amalga oshiriladi.

Administrator (sotuvchi) kalkulyatori (muddatli to’lov uchun:

Получите Скидку в 2% Сейчас!

Зарегистрируйтесь сейчас и получите бесплатный купон-код по электронной почте!
 Зарегистрироваться прямо сейчас

Tovarlarga Telegramdagi @sim_sim_gr guruhimiz orqali ham buyurtma berishingiz mumkin! Bekor qilish

Buyurtma qo`shish Tovar omborda tugagan! Lekin biz Sizni tovar omborga kelganda xabardor qilishimiz mumkin. Iltimos, email manzilingizni qoldiring.
You need to Login for joining waitlist.
Cart
Your cart is currently empty.
SiM-SiM