Ommaviy oferta

«SIM-SIM» INTERNET-DO’KONINING

OMMAVIY OFERTASI

Men, “Foydalanuvchi” sifatida, «SIM-SIM» Internet-do’konining ushbu Ommaviy ofertasi qoidalariga (kelgusida Qoidalar) amal qilishimni tasdiqlayman. «Fer Modern Service» xususiy korxonasi (kelgusida «Kompaniya») Foydalanuvchilarga Kompaniyaning xizmatlaridan foydalanishni ta’minlovchi virtual savdo resursi – “www.sim-sim.uz” veb-sayti orqali, shuningdek mahsulot va xizmatlari ma’lumotlaridan, mobil qurilmalar uchun ilovalaridan va Kompaniyaning boshqa dasturiy ta’minotidan (kelgusida Internet-do’kon) foydalanish, Kompaniyaga tegishli Internet-do’konni qo’llash bilan bog’liq xizmatlardan (kelgusida Xizmatlar) foydalanish imkoniyatlarini taqdim etadi. Kompaniya o’z Xizmatlarini ushbu Qoidalar asosida taqdim etadi.

1. IBORALAR VA TUSHUNCHALAR

Kompaniya – «Fer Modern Service» xususiy korxonasi, o’z Nizomi asosida faoliyat yurituvchi va o’ziga tegishli veb-sayt (Internet-do’kon) vositasida Tadbirkor va Foydalanuvchilar o’rtasida savdo-sotiqni ta’minlab beruvchi tashkilot.

Tadbirkor(lar) – Foydalanuvchilarga Internet-do’kon vositasida o’z mahsulot (Tovar) larini sotib olishni taklif etuvchi va Tovarlar uchun javobgarlikni o’z zimmasiga oluvchi, Kompaniya bilan alohida shartnoma asosida faoliyat yurituvchi yuridik yoki jismoniy shaxs(lar).

Foydalanuvchi(lar) – Qoidalarda belgilangan harakatlarni amalga oshirish orqali Internet-do’kondan foydalangan holda o’z ehtiyojlari uchun (notijorat maqsadida) Tovarni sotib olishni o’z zimmasiga olgan, muomalaga layoqatli jismoniy shaxs(lar).

Internet-do’kon – «SIM-SIM» Internet-do’konining «www.sim-sim.uz» elektron manzilida joylashgan va Ichlab Chiqaruvchining Tovarlarini targ’ib qilish hamda Foydalanuvchilarni jalb qilish  maqsadida Internet tarmog’ida joylashtirilgan veb-sayti va shu maqsadda mobil uskunalarda foydalanish uchun ishlab chiqilgan dasturiy ta’minoti majmuasidir. Internet-do’kon Kompaniya, Foydalanuvchilar va Tadbirkor o’rtasidagi mulkiy munosabatlarni amalga oshirish maqsadida Kompaniya tomonidan yaratilgan va amalga tatbiq etilgan intellektual mulki (mahsuloti) hisoblanadi.

Shaxsiy kabinet – «SIM-SIM» Internet-do’konining Foydalanuvchi va Tadbirkor xodimi uchun ajratilgan alohida qismi.
Tovar(lar) – Tadbirkor(lar)ning Internet-do’konda joylashtirilgan mahsulot(lar)i va xizmat(lar)i.
Buyurtma – Foydalanuvchi tomonidan Tovarlarni sotib olish va Foydalanuvchining manziliga yetkazib berish maqsadida zaruriy tartibda rasmiylashtirilgan so’rovi.
Kuryer – Foydalanuvchining Buyurtmasiga muvofiq belgilangan muddatda Tovarni Foydalanuvchiga yetkazib berish majburiyatini o’z zimmasiga olgan Kompaniya yoki Tadbirkor xodimi yoxud boshqa shaxs.


FOYDALANISH QOIDALARI

2. UMUMIY QOIDALAR

2.1.Ilovadan foydalanish bo’yicha ushbu qoidalar (kelgusida Qoidalar) Kompaniya tomonidan Foydalanuvchilarga xizmatlar ko’rsatishning tartibi va shartlarini belgilaydi.
2.2.Kompaniya ushbu Qoidalarga bir tomonlama o’zgartirish kiritish huquqiga ega.
2.3.Internet-do’konda taqdim etilgan barcha axborot materiallari ma’lumot o’rnida keltirilgan bo’lib, Tovarning rangi, shakli, o’lchamlari va upakovkasi kabi ma’lum bir xususiyatlari va xossalari haqidagi to’laqonli xolis axborotlarni aks ettira olmasligi mumkin. Foydalanuvchida Tovarning xususiyatlari va xossalariga taalluqli savollar yuzaga kelgan taqdirda, Buyurtmani rasmiylashtirishdan oldin Foydalanuvchi Tadbirkordan  qo’shimcha ma’lumotlar va konsultatsiya olish maqsadida Ilovada ko’rsatilgan aloqa telefoniga murojaat qilishi lozim.

3. INTERNET-DO’KONDAN FOYDALANISH QOIDALARI

3.1.Foydalanuvchilar Internet-do’kondan ro’yxatdan o’tgan yoki o’tmagan holda foydalanishlari mumkin.
3.2. Internet-do’konda ro’yxatdan o’tish uchiun maxsus ro’yxatdan o’tish shaklini to’ldirish talab etiladi. Ro’yxatdan o’tish shakli Internet-do’konda ro’yxatdan o’tish uchun ko’rsatilishi shart bo’lgan ma’lumotlarni o’z ichiga olgan. Internet-do’konda ro’yxatdan o’tishda va kelgusida Shaxsiy kabinetga kirish uchun Foydalanuvchi shaxsiy login (nom) va parol kiritishi talab etiladi. Foydalanuvchi o’z logini va parolini uchinchi shaxslarga ma’lum qilmaslikni zimmasiga oladi.
3.3.Foydalanuvchi ro’yxatdan o’tishda taqdim etilgan axborotning mazmuni va haqqoniyligi uchun mas’ul.

4. SHAXSIY MA’LUMOTLAR

4.1. Kompaniya Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlari, elektron hujjatlari va xabarlarini Internet-do’kon vositasida qayta ishlaydi va qonunchilikka muvofiq ularning maxfiyligini ta’minlaydi. Kompaniya Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlaridan shartnomani bajarish maqsadlarida foydalanadi va ularni uchinchi shaxslarga bermaydi.Shuningdek, Kompaniya oferta va (yoki) targ’ibot (reklama) maqsadlarida Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlaridan uning roziligisiz foydalanmaydi, shu jumladan, elektron hujjatlar yoki elektron xabarlarni ommaviy yetkazish yo’li bilan ham.

5. TOMONLARNING MAJBURIYATLARI

5.1.Kompaniyaning majburiyatlari:
5.1.1.Ushbu Qoidalarning talablari va shartlarini bajarish sharti bilan Foydalanuvchiga Shaxsiy kabinet (akkaunt) ajratish va uni Internet-do’konda ro’yxatga olish.
5.1.2. Foydalanuvchiga Tovar haqida zaruriy va haqqoniy axborot taqdim etish.
5.2.Foydalanuvchining majburiyatlari:
5.2.1.Ushbu Qoidalar shartlarini bajarish;
5.2.2. Tovarga to’lovni amalga oshirgunga qadar Buyurtma (tanlangan Tovar, summasi, Tovar miqdori va b.) to’g’ri rasmiylashtirilganligini puxta tekshirib chiqish;
5.2.3.Kompaniya tomonidan Foydalanuvchilar uchun Internet-do’konda, jumladan Shaxsiy kabinetda e’lon qilib boriladigan xabarlar va eslatmalarni kuzatib borish;
5.2.4.Tadbirkorning o’z Tovarlariga nisbatan qo’ygan va o’rnatilgan shartlari hamda talablariga amal qilish;
5.2.5.Shaxsiy kabinet identifikatsion ma’lumotlarini uchinchi shaxslarga bermaslik;
5.2.6.Internet-do’konning normal ishlashiga xalaqit beradigan yoki undan noo’rin foydalanish deb hisoblanadigan harakatlarni amalga oshirmaslik.

6. TOMONLARNING HUQUQLARI

6.1.Kompaniya quyidagi huquqlarga ega:
6.1.1.Jiddiy xatolik, uzilish va boshqa kamchilik aniqlanganda, shuningdek profilaktika ishlarini amalga oshirish va Internet-do’kon tizimlariga ruxsatsiz kirish holatlarining oldini olish maqsadlarida Internet-do’konning ishlashini ta’minlovchi apparat va (yoki) dasturiy vositalarning ishini vaqtincha to’xtatib turish;
6.1.2.Zarurat tug’ilganda ushbu Qoidalarni, Tovarlarning narxlarini va xizmatlar tariflarini bir tomonlama tarzda o’zgartirish. Kiritilgan barcha o’zgartirishlar Internet-do’konda e’lon qilingan zahoti kuchga kiradi va shu paytdan boshlab Foydalanuvchining e’tiboriga yetkazilgan deb hisoblanadi;
6.1.3.Foydalanuvchi bilan telefondagi so’zlashuvlarni yozib olish;
6.1.4.Quyidagi hollarda Foydalanuvchining Shaxsiy kabinetiga kirishni to’sib qo’yish:
– Foydalanuvchi tomonidan ushbu Qoidalar shartlariga amal qilmaslik;
– Kompaniyaga boshqa Foydalanuvchilar va (yoki) uchinchi shaxslar tomonidan Foydalanuvchi ularning huquq va qonuniy manfaatlarini buzganligi haqidagi da’volar kelib tushishi;
– Internet-do’konning dasturiy ta’minoti yoki uning ixtiyoriy bir qismini ruxsatsiz o’zgartirish (o’zgartirishga urinish);
– qonunchilikka muvofiq, boshqa hollarda.
6.2.Foydalanuvchi quyidagi huquqlarga ega:
6.2.1. Tadbirkorning Tovarlarini tanlash maqsadida Shaxsiy kabinetdan, Kompaniyaning Xizmatlaridan va Internet-do’konning boshqa resurslaridan foydalanish;
6.2.2.Tovar haqida qo’shimcha ma’lumotlar, shuningdek maslahatlar olish uchun Kompaniyaga murojaat qilish;

7. TOMONLARNING JAVOBGARLIGI

7.1.Foydalanuvchi Buyurtmani rasmiylashtirish jarayonida taqdim etilgan axborotning mazmuni va haqqoniyligi uchun javobgarlikni zimmasiga oladi. Foydalanuvchi ushbu Qoidalar bo’yicha o’z majburiyatlarini umuman yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda, Foydalanuvchi O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq javobgar bo’ladi.
7.2.Kompaniya quyidagilarga javobgar bo’lmaydi:
7.2.1.Tadbirkor tomonidan taqdim etilgan axborotlarning mazmuni va ulardagi ma’lumotlarning haqqoniyligi uchun;
7.2.2.Foydalanuvchi tomonidan Internet-do’konga kirishga vaqtincha imkoniyat bo’lmay qolganligi, shuningdek u bilan bog’liq yuzaga kelgan har qanday oqibatlar uchun;
7.2.3.Kompaniyaning aybisiz yuzaga kelgan xatoliklar, o’tkazib yuborishlar, tanaffuslar va shunga o’xshash holatlar uchun;
7.2.4.Foydalanuvchining harakatlari natijasida uchinchi shaxslarga yetgan har qanday tasodifiy yoki atayin yetkazilgan ziyonlar, jumladan har qanday daromadni yoki omonatni boy berish holatlari uchun;
7.2.5.Foydalanuvchining identifikatsion ma’lumotlaridan foydalangan holda amalga oshirilgan har qanday harakatlar uchun, shu jumladan, bunday ma’lumotlar Foydalanuvchi tomonidan oshkor qilingan hollarda.
7.3. Kompaniya quyidagi hollarda Foydalanuvchi ko’rgan ziyon yoki boy berilgan foyda uchun javobgar bo’lmaydi:
7.3.1.Internet-do’kondan foydalanganda, shu jumladan Buyurtmani rasmiylashtirish chog’ida taqdim etiladigan rekvizitlarni noto’g’ri to’ldirilganda;
7.3.2.Foydalanuvchi tomonidan Internet-do’konga kirish uchun foydalanilgan uskunalar va dasturiy ta’minotda “viruslar” yoki boshqa zarar yetkazuvchi dasturlar mavjud bo’lganligi uchun;
7.3.3.Uchinchi shaxslarning noqonuniy harakatlari uchun, shu jumladan Foydalanuvchining identifikatson ma’lumotlaridan foydalanish bilan bog’liq bo’lganlari uchun. 

XARID QOIDALARI

8. UMUMIY QOIDALAR

8.1.Internet-do’kon vositasida xarid qilishning ushbu qoidalari (kelgusida Qoidalar) Foydalanuvchilar tomonidan Tovarlarni sotib olishning tartibi va shartlarini belgilaydi.
8.2.Kompaniya ushbu qoidalarga bir tomonlama tarzda o’zgartirishlar kiritish huquqini saqlab qoladi.

9. SHARTNOMA TUZISH TARTIBI

9.1.Kompaniya va Foydalanuvchi o’rtasidagi oldi?sotdi shartnomasi ushbu Qoidalar shartlariga muvofiq, ofertani jo’natgan Foydalanuvchi tomonidan Tadbirkorning akseptini olgan paytda tuzilgan hisoblanadi.
9.2.Tovar sotib olishni istagan Foydalanuvchi Internet-do’konda ko’rsatilgan Buyurtma shaklini to’ldiradi. Buyurtma shaklini to’ldirish ikki xil usulda amalga oshirilishi mumkin: Internet-do’konda ro’yxatdan o’tish orqali yoki ro’yxatdan o’tmagan holda. Buyurtma shakli ko’rsatilishi majburiy bo’lgan ma’lumotlarni o’z ichiga oladi. Bunday ma’lumotlar ko’rsatilmagan taqdirda, Buyurtmani rasmiylashtirib bo’lmaydi. Buyurtma tarkibidagi Tovar Tadbirkor omborida tugab qolgan taqdirda, Internet-do’kon bu haqda Foydalanuvchini xabardor qilgan holda Buyurtmani bekor qilishi mumkin.
9.3.Buyurtma Foydalanuvchining Kompaniyaga yo’llagan ofertasi hisoblanadi. Buyurtma Foydalanuvchi tomonidan “Buyurtmani jo’natish” tugmasini bosib, uni tasdiqlash orqali yuboriladi. Buyurtmaning rasmiylashtirilishi Foydalanuvchining Tovar summasini to’lashga rozi ekanligini bildiradi.
9.4.Buyurtma yuborilganidan so’ng, Foydalanuvchiga Buyurtma qabul qilinganligini bildiruvchi xabar yuboriladi (“Buyurtmani tasdiqlash xabari”). “Buyurtmani tasdiqlash xabari” Buyurtma qabul qilinganligining tasdig’i hisoblanadi, lekin Foydalanuvchi ofertasining aksepti hisoblanmaydi. Foydalanuvchiga Tovarni jo’natilganligini anglatuvchi elektron xabar (“Tovar jo’natilganligini tasdiqlovchi xabar”) yuborilishi ofertaning aksepti hisoblanadi.

10. TOVAR TO’LOVI

10.1.Tovarning to’lovi shartlari Tovarning xususiyatlaridan kelib chiqib, har bir holat bo’yicha individual tarzda o’rnatiladi. Aniq bir Buyurtma uchun to’lovni amalga oshirish mumkin bo’lgan usullari ro’yxati Internet-do’konning “Savatcha”, “Buyurtmani rasmiylashtirish” va “To’lov va yetkazish” sahifalarida ko’rsatiladi.
10.2.Foydalanuvchi o’zi amalga oshirgan to’lovlarning to’g’riligi uchun shaxsan javobgar bo’ladi. To’lov bank to’lov terminali orqali amalga oshirilganda Foydalanuvchiga korporativ kartochkalardan foydalanish taqiqlanadi.
10.3.To’lov amalga oshirilishi yuzasidan munozarali vaziyat yuzaga kelgan taqdirda, to’lov o’tkazilganligini isbotlash Foydalanuvchining zimmasiga yuklanadi. Bunda dalil sifatida ko’rib chiqish uchun faqatgina tegishli tashkilot mas’ul shaxslari tomonidan tasdiqlangan hujjatlar qabul qilinadi.

11. BURTMANI YETKAZIB BERISH. MULKIY HUQUQNING O’TISHI.

11.1.Buyurtmani rasmiylashtirish chog’ida Foydalanuvchi Kompaniyaning Tovarni yetkazib berish bo’yicha pulli Xizmatlaridan foydalanishi mumkin. Aniq bir Buyurtma uchun amalga oshirish mumkin bo’lgan to’lov usullari ro’yxati Internet-do’konning “Buyurtmani rasmiylashtirish” sahifasida ko’rsatiladi.
11.2.Tovarni yetkazib berish faqat Internet-do’konning “www.sim-sim.uz/uz/tolov-va-yetkazish/” elektron manzilida joylashgan “To’lov va yetkazish” sahifasida belgilangan hududlarga amalga oshiriladi.
11.3.Buyurtmani Foydalanuvchiga yetkazib berish Foydalanuvchi tomonidan Buyurtmani rasmiylashtirish chog’ida ko’rsatilgan manzilga amalga oshiriladi.
11.4.Yetkazib berishning taxminiy muddati Internet-do’konning “To’lov va yetkazish” veb-sahifasida belgilangan muddat hisoblanadi. Buyurtmani yetkazib berishning aniq muddati Buyurtmani rasmiylashtirish chog’ida, Buyurtmada ko’rsatilgan manzil, tovarning omborda mavjudligi va uning xossalariga ko’ra aniqlanadi.
11.5.Ko’rsatilgan yetkazib berish muddati o’zgartirilishi mumkin, bu haqda Foydalanuvchi Internet-do’kon, Shaxsiy kabinet yoki telefon orqali xabardor qilinadi.
11.6.Buyurtmani yetkazib berish maqsadida Kompaniya uchinchi shaxslarning xizmatlaridan foydalanishi mumkin.
11.7.Tovar Foydalanuvchiga u Buyurtmani Kuryerdan qabul qilgan va Buyurtmani qabul qilish bo’yicha tegishli hujjatlarni imzolanganidan keyin mulkiy huquq Foydalanuvchiga o’tadi.
11.8.Buyurtmani qabul qilish chog’ida (agar buning imkoni bo’lsa) Foydalanuvchi Tovarning soni, nomi va sifati bo’yicha, uning butunligi va to’liqligini tekshirish va Buyurtmani qabul qilish hujjatlarini imzolash orqali uni qabul qilib olishi shart.
11.9.Buyurtmani qabul qilish chog’ida Foydalanuvchi yoki Buyurtmani qabul qiluvchi boshqa shaxs Internet-do’kon tomonidan hosil qilingan kod yoki Buyurtma raqamini ko’rsatishi shart. Buyurtma uchun to’lov oldindan amalga oshirilgan taqdirda, Foydalanuvchi uning shaxsini tasdiqlovchi hujjatni ham ko’rsatishi kerak.
11.10.Kuryer quyidagi hollarda Buyurtmani topshirmaslik huquqiga ega:
11.10.1.Foydalanuvchi yoki Buyurtmani qabul qiluvchi boshqa shaxs, tegishli kod yoki Buyurtma raqamini ko’rsatmaganda, Buyurtma uchun to’lov oldindan amalga oshirilgan taqdirda esa, Foydalanuvchi uning shaxsini tasdiqlovchi hujjatni ko’rsatmaganda.
11.10.2.Foydalanuvchi yoki Buyurtmani qabul qiluvchi boshqa shaxs, Buyurtmani qabul qilish hujjatini imzolashdan va (yoki) Buyurtmaning to’liq summasini, shu jumladan yetkazib berish xarajatlarini to’lashdan bosh tortganda;
11.10.3.Qonunchilikda, ushbu Qoidalarda va boshqa hujjatlarda, shu jumladan Kuryerlik xizmati amal qiladigan hujjatlarda nazarda tutilgan hollarda.
11.11.Foydalanuvchi Buyurtmani Kuryerdan qabul qilish chog’ida Buyurtmadan to’liq yoki qisman bosh tortish huquqiga ega. Buyurtmadan to’liq yoki qisman bosh tortgan taqdirda Foydalanuvchi bosh tortishning sabablarini ko’rsatgan holda tegishli hujjatlarni imzolashi va ularni Kuryerga topshirishi shart. Buyurtmadan bosh tortgan taqdirda Foydalanuvchi Kompaniyaning Tovarning yetkazib berilishi uchun sarflagan xarajatlarini, ushbu pul mablag’larini Kuryerga topshirish orqali qoplashi shart.
11.12.Agar Foydalanuvchi Tovarni qabul qilib olish bo’yicha hujjatlarini imzolashdan asossiz ravishda bosh tortgan taqdirda va ushbu Qoidalar shartlariga asosan, Kompaniya tomonidan ko’rsatilgan xizmatlarning sifati bo’yicha yozma ravishdagi e’tirozini bildirmasa, u holda Kompaniya tomonidan ko’rsatilgan xizmatlar lozim darajada bajarilgan va ushbu xizmatlar Foydalanuvchi tomonidan qabul qilingan deb hisoblanadi.

12. BUYURTMANI BEKOR QILISH VA TOVARNI QAYTARISH

12.1.Buyurtmani bekor qilish. Foydalanuvchi unga “Tovar jo’natilganligini tasdiqlovchi xabar” yuborilgan vaqtga qadar Buyurtmadan butunlay yoki qisman bosh tortish huquqiga ega. Buyurtmani bekor qilish uchun Foydalanuvchi Kompaniya bilan bog’lanishi va Buyurtmadan bosh tortganligini bildirishi kerak.
12.2.Nuqsonsiz Tovarni almashtirish. Qonunchilikka ko’ra, Foydalanuvchi sotib olingan nuqsonsiz nooziq?ovqat Tovarni, unga topshirilgan kundan boshlab 10 (o’n) kun mobaynida boshqasiga pulini qaytarmasdan va yangi Buyurtmani rasmiylashtirmasdan almashtirib olishi mumkin. Foydalanuvchining Tovarni almashtirib berish yoki qaytarish talabi bajarilishi mumkin qachonki, agar Tovardan foydalanilmagan, uning tovar ko’rinishi, iste’mol xususiyatlari, plombalari, yorliqlari saqlangan, shuningdek Kompaniyadan sotib olinganligi isbotlangan bo’lsa. Qonunchilikka muvofiq, qaytarib yoki boshqasiga almashtirib berilishi mumkin bo’lmagan xuddi shunday Tovar turlari bundan mustasno. Xuddi shunday Tovarga almashtirib olish uchun, Foydalanuvchi Kompaniya bilan bog’lanib, almashtirib olish niyatini bildirishi kerak. Tadbirkorda almashtirib berish uchun kerakli Tovar bo’lmagan taqdirda, Foydalanuvchi o’zi sotib olgan Tovarni Kompaniyaga qaytarib berishi va yetkazib berish xarajatlaridan tashqari to’lagan summasini qaytarib olishi mumkin.
12.3.Nuqsonli Tovarlar. Qonunchilikka muvofiq nuqsonli Tovarga nisbatan Foydalanuvchi Tadbirkorga o’z xohishiga ko’ra o’rnatilgan talablarini qo’yishi (masalan, almashtirib berish, Tovarning nuqsonlarini bartaraf qilish) yoki sotib olingan Tovardan voz kechishi va Tovar uchun to’lagan pul mablag’larini qaytarishni talab qilishi mumkin. Tovarga nisbatan talablar qo’yish yoki uni sotib olishdan voz kechish uchun Foydalanuvchi bu haqda Kompaniya bilan bog’lanishi va o’z istagini bildirishi zarur.
12.4.Pul mablag’larini qaytarish. Pul mablag’larini qaytarish aynan Foydalanuvchi Tovarga Buyurtmani rasmiylashtirishda tanlagan usulda amalga oshiriladi. To’lovni dastlabki usulda qaytarishning Kompaniyaga bog’liq bo’lmagan sabablarga ko’ra imkoni bo’lmagan taqdirda to’lovni qatarish usuli tomonlarning kelishuviga ko’ra amalga oshiriladi.
12.5. Tovarni qaytarish xarajatlari. Nuqsonsiz Tovar qaytarilgan taqdirda, xarajatlar Foydalanuvchi tomonidan qoplanadi. Nuqsonli Tovar qaytarilgan taqdirda xarajatlar Tadbirkor tomonidan qoplanadi.

13. E’TIROZ BILDIRISH

13.1.Buyurtma qabul qilib olinganidan keyin va Buyurtmani qabul qilinganligi bo’yicha  hujjatlar imzolanganidan keyin, Kompaniya tomonidan e’tirozlar qabul qilinmaydi. Tovar yetishmasligi bilan bog’liq bo’lgan e’tirozlar bundan mustasno.
13.2.Foydalanuvchi e’tiroz tartibida Kompaniyaga o’z talablarini bildirish huquqiga ega.
13.3.Ko’rsatilgan muddat davrida yuzaga kelgan yetishmovchiliklar sabablari bo’yicha kelishmovchilik yuzaga kelganda Kompaniya Tovarning ekspertizasini o’tkazishi mumkin. Agar Kompaniya xarajatlari hisobiga o’tkazilgan ekspertiza natijasida yetishmovchiliklar Kompaniya javobgar bo’lmaydigan sabablar oqibatida yuzaga kelganligi tasdiqlansa, Foydalanuvchi Kompaniyaning bunday ekspertizasi xarajatlarini qoplashni o’z zimmasiga oladi.
13.4.Tovarda har qanday yaroqsizliklar yoki nosozliklar aniqlangan Tadbirkor nuqsonli Tovar uchun javobgar bo’ladi. Foydalanuvchi aybi bilan yoki Kompaniya tomonidan Tovarni tashish paytida yuzaga kelgan yaroqsizliklar bundan mustasno.

BOSHQA SHARTLAR

14. QOIDALARGA O’ZGARTIRISH KIRITISH TARTIBI

14.1.Ushbu Qoidalarga o’zgartirishlar (qo’shimchalar) kiritish Kompaniya tomonidan Internet-do’konda xabar joylashtirish yo’li bilan ixtiyoriy paytda bir tomonlama tarzda amalga oshiriladi.

15. KELISHMOVCHILIKLARNI HAL QILISH

15.1.Ofertaning bajarilishi bilan bog’liq yuzaga kelgan har qanday kelishmovchiliklar va farqlanishlar muzokaralar yo’li bilan hal etiladi.
15.2.Tovarning/Buyurtmaning sifati va yetkazilishi bilan bog’liq bo’lgan kelishmovchiliklar Tadbirkor tomonidan o’rnatilgan tartibda hal qilinadi.
15.3.Kelishmovchiliklarni muzokalar yo’li bilan hal qilib bo’lmagan hollarda kelishmovchiliklar O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq hal etiladi.

16. QO’LLANILADIGAN HUQUQ

16.1.Ushbu Qoidalar bilan tartibga solinmagan barcha masalalarni hal etishda tomonlar O’zbekiston Respublikasining qonunchiligiga amal qiladilar.
16.2.Ushbu Qoidalarning alohida shartlari qonunchilikka zid bo’lgan taqdirda qonunchilik me’yorlari qo’llaniladi. Alohida shartlarining bekor qilinishi Qoidalarning butunlay bekor qilinishiga olib kelmaydi.
Foydalanuvchining ushbu Qoidalar shartlariga rozilik bildirishi, uning Internet-do’konda joylashtirilgan barcha hujjatlar bilan tanishganligi va ularning qoidalariga ham roziligini anglatadi.

Ushbu hujjat rus tilidagi Ommaviy oferta («Публичная оферта»)ning o’zbek tiliga tarjimasi hisoblanadi. Tarjima oqibatida ushbu hujjatlarning qoidalarida ziddiyat yuzaga kelgan taqdirda, hujjatning rus tilidagi shaklida belgilangan tegishli qoidalar qo’llaniladi.

Получите Скидку в 2% Сейчас!

Зарегистрируйтесь сейчас и получите бесплатный купон-код по электронной почте!
 Зарегистрироваться прямо сейчас

Tovarlarga Telegramdagi @sim_sim_gr guruhimiz orqali ham buyurtma berishingiz mumkin! Bekor qilish

Buyurtma qo`shish Tovar omborda tugagan! Lekin biz Sizni tovar omborga kelganda xabardor qilishimiz mumkin. Iltimos, email manzilingizni qoldiring.
You need to Login for joining waitlist.
Cart
Your cart is currently empty.
SiM-SiM