Qanday xarid qilinadi?

Internet-do’konda tovarni xarid qilish va buyurtma berish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

  1. Kerakli tovar avtomatik yoki oddiy usulda izlab topiladi;
  2. Topilgan tovar(lar) kerakli miqdorda savatchaga qo’shiladi va “Savatcha” sahifasiga o’tiladi;
  3. “Savatcha” sahifasida yetkazib berish usuli tanlanadi;
  4. “Buyurtmani rasmiylashtirish” bo’limiga o’tiladi, xaridorning shaxsiy va yetkazish manzili ma’lumotlari kiritiladi, to’lov usuli tanlanadi;
  5. Buyurtma tasdiqlanadi;
  6. Buyurtma yetkazib beriladi, to’lovlar amalga oshiriladi va buyurtma xaridorga topshiriladi.

Quyida har bir bosqich haqida batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.

  1. Tovarni qidirib topish.
  • Avtomatik usulda izlash. Do’kon sahifasining chap tomoni yuqori qismida Tovarni avtomatik izlash maydoniga tovar nomi to’liq yoki qisman kiritiladi va bir necha soniya kutiladi (yoki “Izlash” tugmasi bosiladi). Ekranda tovar kartochkasi yoki topilgan tovarlar ro’yxati paydo bo’ladi. “Tovarni avtomatik izlash” maydonida tovar nomini to’g’ri kiritishga e’tibor qarating.
  • Oddiy usulda izlash. “Do’kon” bo’limiga o’tiladi. Buning uchun asosiy menyudan yoki sayt sahifalarining quyi qismidagi qo’shimcha menyudan “Tovarlar” bo’limini tanlashingiz mumkin. Bundan tashqari tovar turini do’konning barcha sahifalari chap tomonidagi kategoriyalar ro’yxatidan ham tanlash mumkin.
  1. Topilgan tovarlardan keraklisini tanlash.
  • Ekranda topilgan tovarlar ro’yxati paydo bo’lsa, tovar(lar) “Savatchaga…” tugmasi yordamida savatchaga qo’shiladi.
  • Tovarning batafsil xususiyatlari bilan tanishib chiqish uchun tovar nomi yoki surati, ba’zi tovarlarda esa “Tanlash…” tugmasi bosilishi zarur. Ekranda maxsus sahifa (tovar kartochkasi) paydo bo’ladi. Shu yerdan tovarning qo’shimcha xususiyatlari (masalan, og’irligi, rangi va hokazolar) va tovar miqdori tanlanadi. Oxirida “Savatchaga” tugmasi bosiladi.
  • Savatchaga qo’shilgan tovarlar soni sahifaning quyi chap qismidagi va yuqori o’ng qismidagi maxsus vidjet (minisavatcha) ustida ko’rsatib turiladi (u orqali savatchaga o’tishg ham mumkin).
  • Savatchaga o’tish uchun tovar kartochkasi yuqori qismidagi “Savatchani ko’rish” tugmasini yoki asosiy menyudan “Buyurtma/Savatcha” bo’limi tanlanadi. Ekranda “Savatcha” sahifasi paydo bo’ladi.
  1. Yetkazib berish usulini tanlash.
  • “Savatcha” sahifasida Siz tomonigizdan tanlangan barcha tovarlar ro’yxati, ularning miqdorlari, summalari ko’rsatiladi. Siz tovar miqdorini o’zgartirishingiz yoki ortiqchasini ro’yxatdan chiqarib tashlashingiz mumkin. Miqdori o’zgartirilgan taqdirda, oxirida “Savatchani yangilash” tugmasini bosishni unutmang. Buyurtmaning minimal summasi 10.000 so’mni tashkil qiladi.
  • “Savatcha” sahifasining quyiroq qismida Siz buyurtmani yetkazib (eltib) berish usulini tanlashingiz mumkin. “Standart yetkazish”, “Zudlik bilan yetkazish” usullari tanlanganda buyurtma pulli yetkazib beriladi.
  • Agar Siz tovarni Internet-do’kon belgilagan manzildan o’zingiz olib ketishni xohlasangiz, faqat tovarning o’zi uchun haq to’laysiz.
  • “Bepul yetkazish” usuli Siz tanlagan tovarlar umumiy summasi faqat ayrim hududlar uchun va ma’lum summadan ortganda (avtomatik yoki mustaqil ravishda bepul yetkazish kuponi qo’llanganda) paydo bo’ladi. Bunda buyurtmani yetkazib berish bepul hisoblanadi (Batafsil “Savatcha” sahifasida tanishishingiz mumkin). Oxirida “Buyurtmani rasmiylashtirish” tugmasini bosing.
  • Internet-do’kon tomonidan doimiy aksiyalar o’tkazilishi va mavsumiy chegirmalar amalga oshirilishi mumkin. Agar Siz sovgá kuponiga ega bo’lsangiz, uning kodini “Savatcha” sahifasidagi tegishli maydonga kiritib, chegirma yoki imtiyozdan foydalanishingiz mumkin. Batafsil “Aksiyalar va chegirmalar” sahifasida tanishishingiz mumkin.
  1. Buyurtmani rasmiylashtirish.
  • Ushbu sahifada buyurtma uchun haq to’lash usulini, o’zingiz haqingizdagi ma’lumotlarni, shuningdek buyurtma eltib beriladigan manzil ma’lumotlarini kiritishingiz zarur (ma’lumotlarni qaysi (rus, o’zbek) tilda to’ldirishingizning ahamiyati yo’q). Unutmang, * belgisi bilan ko’rsatilgan maydonlar to’ldirilishi majburiy hisoblanadi. Aks holda buyurtma qabul qilinmaydi. Ayrim tovarlar uchun to’lovni qabul qilish usullari cheklangan bo’lishi mumkin. Batafsil ushbu sahifada tanishishingiz mumkin.
  • Buyurtma To’lov av yetkazish” sahifasida belgilangan muddatlarda yetkazib beriladi (Ushbu sahifaga o’tush uchun menyudan “Yordam” / “To’lov va yetkazish” bo’limini tanlang).
  • Siz “Buyurtmani rasmiylashtirish” sahifasidagi alohida matn maydoniga kunning buyurtmani eltib berishimiz uchun o’zingiz uchun eng maqbul bo’lgan vaqtini ko’rsatishingiz mumkin.
  1. Buyurtmani tasdiqlash.
  • Buyurtma rasmiylashtirib bo’lingach, “Men Ommaviy oferta bilan tanishdim va buyurtmani tasdiqlayman” kalitini ulab, “Buyurtmani jo’natish” tugmasi bosiladi.
  • Agar to’lov usuli sifatida elektron to’lov (Click, PayMe) usuli tanlangan bo’lsa, elektron to’lov amalga oshiriladi. Unutmang, elektron to’lov tizimidan foydalanishingiz uchun UzCard plastik kartangiz uchun SMS-xabarnoma xizmati faollashtirilgan bo’lish kerak va tegishli to’lov tizimida ro’yxatdan o’tgan bo’lishingiz kerak.
  1. Telefon orqali buyurtma berish.

Saytimizda birinchi marta xarid qilayotgan xaridorlarga ayrim tovarlarga telefon orqali buyurtma berish imkoni ham yaratilgan (Faqat elektron to’lov tizimiga ulangan tadbirkorlar uchun amal qiladi). Aniqrog’i buyurtmani Sizning o’rningizga Internet-do’kon operatori rasmiylashtiradi. Buning uchun Siz raqami elektron to’lov tizimida ro’yxatdan o’tgan uyali telefoningizdan qo’ng’iroq qilishingiz zarur. Siz Internet-do’kon operatoriga o’zingiz sotib olmoqchi bo’lgan tovarlar (kategoriyasi, nomi, miqdori, narxi kabi) va buyurtmani qabul qilish manzili haqidagi ma’lumotlarni ma’lum qilasiz. Operator ma’lumotlaringiz asosida buyurtmani rasmiylashtiradi va Sizning mobil telefon raqamingizga tasdiqlash uchun tegishli summani to’lashingiz uchun so’rov (hisob) yuboradi. Internet-do’konga to’lov amalga oshirilganligi haqidagi xabar kelganidan keyin buyurtma Sizning manzilingizga yuboriladi. Tadbirkorlar – hamkorlarimizning elektron to’lovlarni qabul qilish bo’yicha imkoniyatlari haqida bu yerda ma’lumot olishingiz mumkin.

  1. To’lovlarni amalga oshirish va buyurtmani qabul qilib olish.
  • Buyurtmangiz Internet-do’konda qabul qilingach, bu haqda Sizning elektron pochta manzilingizga xabar yuboriladi.
  • Agar buyurtma hujjatlari yoki shartlarida qandaydir kamchilik yoki nomuvofiqlikni aniqlasangiz, bu haqda (ortiqcha xarajatlarning oldini olish uchun) bizga darhol xabar qilishingiz maqsadga muvofiq. Bunda buyurtma qayta rasmiylashtirilishi mumkin.
  • Buyurtmani bekor qilish Ommaviy ofertada belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
  • Buyurtma faqat tegishli summa to’langandan va qabul qilish hujjati Siz tomoningizdan imzolangandan keyin Kuryer tomonidan Sizga topshiriladi.

 

Получите Скидку в 2% Сейчас!

Зарегистрируйтесь сейчас и получите бесплатный купон-код по электронной почте!
 Зарегистрироваться прямо сейчас

Tovarlarga Telegramdagi @sim_sim_gr guruhimiz orqali ham buyurtma berishingiz mumkin! Bekor qilish

Buyurtma qo`shish Tovar omborda tugagan! Lekin biz Sizni tovar omborga kelganda xabardor qilishimiz mumkin. Iltimos, email manzilingizni qoldiring.
You need to Login for joining waitlist.
Cart
Your cart is currently empty.
SiM-SiM