To’lov va yetkazish

To’lov usullari

Internet-do’kondagi deyarli barcha hisob-kitob jarayonlari avtomatlashtirilgan. Xaridorga Internet-do’konning “Buyurtmani rasmiylashtirish” sahifasida faqat qabul qilish mumkin bo’lgan to’lov usullari ko’rsatiladi.

Internet-do’kon buyurtma uchun to’lov quyidagi usullarda to’lovlarni qabul qilish imkoniyatiga ega:

  1. Yetkazib berilgandan keyin naqd pul shaklida;
  2. Yetkazib berishdan oldin Click to’lov tizimi orqali yuboriladigan SMS-so’rov yordamida, xaridorning UzCardga ulangan plastik kartasidan;
  3. Yetkazib berishdan oldin Payme to’lov tizimi orqali onlayn rejimida, xaridorning UzCardga ulangan plastik kartasidan;
  4. Yetkazib berishdan oldin bankda xaridorning plastik kartasidan pul o’tkazish yoki naqd pul to’lash orqali;
  5. Yetkazib berilgandan keyin xaridorning plastik kartasidan bank to’lov terminali orqali.

Diqqat! Buyurtma tarkibidagi tovarlarning qaysi tadbirkorga tegishli ekanligiga qarab (ularning to’lov qabul qilish imkoniyatlaridan kelib chiqib) yuqoridagi ro’yxatdagi ayrim to’lov usullari cheklanishi mumkin (Masalan, ayrim tadbirkorlarda terminal mavjud emasligi natijasida, plastik kartadan to’lovlar terminal orqali qabul qilinmasligi mumkin). Bu haqda tegishli tovarlar ma’lumotlarida albatta ko’rsatib o’tiladi.

 

Yetkazish muddati

Buyurtmani standart va tez yetkazish kunlari – haftaning dushanba-shanba kunlari. Yetkazish vaqtlari – buyurtma qabul qilingan kun va uning ertasi kuni soat 09:00 dan 17:00 gacha, dam olish va bayram kunlarida rasmiylashtirilgan buyurtma – dushanba kuni 09:00 dan 17:00 gacha. Xaridor tomonidan buyurtmani kunning qaysi vaqtlarida yetkazilishi buyurtmani rasmiylashtirish paytida izohlarda aniq ko’rsatilishi mumkin. Buyurtma berilgan tovar Tadbirkor omborida tugab qolgan taqdirda, bu haqda u Internet-do’konni, Internet-do’kon esa Xaridorni xabardor qiladi.

Buyurtmani tez yetkazish xaridor tomonidan buyurtmaga faqat bir tadbirkorga tegishli tovarlar qo’shilgan taqdirda va faqat ayrim turdagi tovarlar uchun kafolatlanadi. Tez yetklazish muddati – 1 soat. Xaridor bilan kelishilgan holda bir nechta tadbirkorga tegishli bo’lgan tovarlarni tez yetkazish muddati qayta belgilanishi mumkin. Tez yetkazilish imkoniyati tegishli tovarning qisqacha ma’lumotlarida alohida ko’rsatib qo’yiladi (Masalan: tayyor taomlar, oziq-ovqatlar va hokazo).

 

Yetkazib berish hududi

Tovarlar quyidagi hududlarga yetkazib beriladi:

Farg’ona shahri bo’ylab;

O’zbekiston Rrespublikasi bo’ylab, pochta xizmati orqali (kelgusida).

Boshqa hududlarga tovarni olib ketish kelishilgan holda yoki xaridorning o’zi tomonidan amalga oshirilishi mumkin.

 

Yetkazib berish usullari

Tovarlarni yetkazib berish quyidagi usullarda amalga oshiriladi:

  • Standart pulli yetkazish;
  • Tez pulli yetkazish;
  • Ma’lum shartlar asosida bepul (standart yoki tez) yetkazish;
  • Xaridorning o’z hisobidan olib ketish.

Agar Xaridor tovarni o’ziga qarashli transport vositasida yoki taksi xizmati ordamida olib ketishni istasa, buyurtmani rasmiylashtirish paytida “Xaridorning o’z hisobidan olib ketish” usulini tanlashi zarur.

 

Tovarlarning o’lchami bo’yicha sinflanishi

Internet-do’konda ko’rsatilgan, yetkazish faqat yuk transportida amalga oshiriladigan tovarlar yirik o’lchamli tovarlar hisoblanadi. Saytdagi boshqa tovarlar kichik o’lchamli tovarlarga kiradi. Ular turli transport vositalarida yetkaliadi va yetkazish haqlari farq qiladi. Internet-do’konning “Savatcha”, “Buyurtmani rasmiylashtirish” sahifalarida tovar xususiyatlariga ko’ra yetkazish narxlari avtomatik ravishda hisoblab ko’rsatiladi. Agar bir nechta tovarlar bo’lgan buyurtmada hech bo’lmaganda 1 ta yirik o’lchamli tovar mavjud bo’lsa, bunday buyurtmani yetkazish haqi yirik o’lchamli tovarlarni yetkazish narxi bo’yicha hisoblanadi.

 

Yetkazish haqi

Tanlangan tovarlarning o’chami, umumiy summasi va yetkazish usuliga ko’ra buyurtmani yuqorida ko’rsatilgan hududlarga yetkazish standart usulda pulli yoki bepul amalga oshirilishi mumkin. Pulli yetkazilgan taqdirda buyurtmani yetkazib berish summasi “Savatcha” sahifasida aniq ko’rsatiladi.

Buyurtmani pulli yetkazish haqlari:

Buyurtma faqat bir tadbirkorga tegishli tovarlardan iborat bo’lgan taqdirda:

  • Kichik o’lchamli tovarlarni standart yetkazish (yengil transportda): 6.000 so’m
  • Kichik o’lchamli tovarlarni tez yetkazish (yengil transportda): 10.000 so’m
  • Yirik o’lchamli tovarlarni standart yetkazish (yuk transportida): 25.000 so’m
  • Yirik o’lchamli tovarlarni tez yetkazish (yuk transportida): 30.000 so’m

 

Buyurtma tarkibida bir necha tadbirkorga tegishli tovarlar mavjud bo’lgan taqdirda:

  • Kichik o’lchamli tovarlarni standart yetkazish (yengil transportda): Jami summa = 4.000 so’m + TS x 2000 so’m
  • Kichik o’lchamli tovarlarni tez yetkazish (yengil transportda): Jami summa = 7.000 so’m + TS x 3000 so’m
  • Yirik o’lchamli tovarlarni standart yoki tez yetkazish (yuk transportida): kelishilgan narx

TS – buyurtmada tovari mavjud bo’lgan Tadbirkorlik subyektlari soni.

Misollar:

buyurtmada 2 ta xaridorga tegishli faqat kichik o’lchamli tovarlar bo’lganda standart yetkazish haqi: 

Jami summa = 4.000 so’m + 2 x 2.000 so’m = 8.000 so’m

buyurtmada 3 ta xaridorga tegishli faqat kichik o’lchamli tovarlar bo’lganda standart yetkazish haqi: 

Jami summa = 4.000 so’m + 3 x 2.000 so’m = 10.000 so’m

buyurtmada 2 ta xaridorga tegishli faqat kichik o’lchamli tovarlar bo’lganda tez yetkazish haqi: 

Jami summa = 7.000 so’m + 2 x 3.000 so’m = 13.000 so’m

 

Buyurtmani bepul yetkazish

Internet-do’konda amal qilayotgan aksiyalar doirasida tovvarlarning o’lchamlari, nechta tadbirkorga tegishli ekanligi va buyurtma tarkibidagi tovarlarning umumiy summasidan kelib chiqib, ular bepul yetkazib berilishi mumkin. Buning uchun “Savatcha” sahifasida tovar turiga qarab avtomatik tarzda tegishli bepul yetkazish kuponi qo’llaniladi (Batafsil ma’lumotlar “Savatcha” sahifasida).

 

Tovarni olib ketish joyi

Buyurtmalar Internet-do’kon tomonidan belgilangan manzildan xaridorning o’zi yoki taksi xizmati xodimi tomonidan olib ketilishi mumkin. O’zi olib ketish joyi, buyurtmada tovari mavjud bo’lgan aniq Tadbirkorlik suyektidan kelib chiqib, Xaridorga batafsil telefon orqali ma’lum qilinadi.

 

Получите Скидку в 2% Сейчас!

Зарегистрируйтесь сейчас и получите бесплатный купон-код по электронной почте!
 Зарегистрироваться прямо сейчас

Tovarlarga Telegramdagi @sim_sim_gr guruhimiz orqali ham buyurtma berishingiz mumkin! Bekor qilish

Buyurtma qo`shish Tovar omborda tugagan! Lekin biz Sizni tovar omborga kelganda xabardor qilishimiz mumkin. Iltimos, email manzilingizni qoldiring.
You need to Login for joining waitlist.
Cart
Your cart is currently empty.
SiM-SiM