Joylashtiriladigan tovarlarga qo’yiladigan talablar

“SIM-SIM” Internet-do’koniga joylashtiriladigan har bir tovar ma’lumotlari quyidagi talablarga javob berishi shart:

Oddiy tovarlar uchun:

  • tovar nomi;
  • tovarning tadbirkor tomonidan o’rnatilgan dastlabki narxi;
  • tovarning 1 dona fotosurati;
  • qisqacha xususiyatlari, jumladan zudlik bilan eltib beriladigan tovarlar uchun tegishli izohlar (masalan, tayyor taomlar, oziq-ovqatlar va hokazolar uchun).

 

Murakkab tovarlar uchun:

  • tovar nomi;
  • tovarning atributlari (masalan, necha xil rangda, necha xil og’irlikda, necha xil hajmda, necha xil fasovka yoki upakovkalarda va hokazo) va ularning qiymatlari;
  • tovarning har bir atributi uchun tadbirkor tomonidan o’rnatilgan dastlabki narxlar (agar farqlansa);
  • tovarning jami fotosuratlari soni 5 donagacha (suratlar soni 5 tadan ortgan taqdirda, keyingi to’liq yoki to’liq bo’lmagan 5 ta fotosurat 1 ta murakkab tovarga tenglashtiriladi);
  • tovarning qisqacha xususiyatlari, jumladan tadbirkorning to’lov qabul qilish imkoniyatlari, usullari, zudlik bilan eltib beriladigan tovarlar uchun tegishli izohlar (masalan, tayyor taomlar, oziq-ovqatlar va hokazolar uchun);
  • tovarning matn shaklidagi qo’shimcha ma’lumotlari.

Fotosuratlarga qo’yiladigan talablar:

  • fotosurat fayli formati – fondan tozalangan PNG;
  • surat o’lchamlari – 700×700 (piksel);
  • fayl maksimal hajmi – 1 Megabayt;
  • fayl nomi – lotin yozuvida;
  • agar suratda yozuvlar mavjud bo’lsa, ular 2 ta (o’zbek va rus) tillarda bo’lishi shart.

 

Quyidagi turdagi tovar yoki xizmatlarni “SIM-SIM” Internet-do’koni orqali sotish yoki reklama qilishga yo’l qo’yilmaydi:

  • Sotilishi va xizmat ko‘rsatilishi O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi bilan taqiqlangan tovar va xizmatlar (alkogol va tamaki mahsulotlari, pirotexnika vositalari, zargarlik buyumlari). Sotilishi taqiqlangan va/yoki fuqarolik aylanmasidan olib qo‘yilgan tovarlar;
  • Tadbirkor sotish huquqiga ega bo‘lmagan tovarlar (disklar, dasturiy ta’minot);
  • Antikvar quroldan tashqari har qanday qurol-yarog‘ (ularning butlovchilari va aksessuarlari);
  • Aloqa kanallaridan axborot ko‘chirib olish uchun maxsus texnik vositalar, oshkor etilmasdan axborot olishning boshqa vositalari (mikronaushniklar, brelok-kameralar, kamera o‘rnatilgan ko‘zoynaklar, soat-kameralar va h.k.); huquqtartibot organlari faoliyati bilan bog‘liq buyumlar (radioelektron va maxsus texnik vositalar);
  • Antiradarlar, radar-detektorlar, ramka-shtorkalar, antiproslushkalar, juchoklar, antijuchoklar hamda shunga o‘xshash texnik vositalar; spirt haydovchi apparatlar; tarkibida etil spirti saqlovchi mahsulotlar;
  • Faol va passiv himoya vositalari (elektroshokerlar, gaz ballonchalari, gazli pistoletlar, rezina o‘qli qurol, yorug‘lik-shovqin effektini beruvchi buyumlar, signalizatorlar, rezina tayoqlar, kishanlar);
  • Bojxonada musodara qilingan buyumlar;
  • Giyohvand, psixotrop moddalar va ularni o‘rnini bosuvchilar, shuningdek ularni tayyorlashda ishlatiladigan giyohlar va ingrediyentlar. Gallyutsinatsiya keltirib chiqaruvchi o‘simliklar, zamburug‘lar va ulardan olinadigan mahsulotlar;
  • Yaroqlilik muddati o‘tgan oziq-ovqat mahsulotlari;
  • Shubhali moliyaviy xizmatlar haqida axborot (masalan, “Bir soatda kredit. Garovsiz va kafil shaxslarsiz”); xususiyatlari haddan ortiq bo’rttirib yuborilgan, ishonchsiz xizmatlar (“eng yaxshi”, “eng oliy sifat”, “100% kafolat” va hokazo);
  • Xurofotli mavzularga bog‘liq tovarlar/xizmatlar (qaytarmalar, issiq-sovuq amallari, fol ochish, satanizm, afsun marosimlar, sehrgarlik, jodugarlar, afsun, ekstrasenslar va h.k.), shuningdek mazkur mavzudagi adabiyotlar;
  • ishlatilgan (ilgari foydalanilgan) tovarlar;
  • Sotilishi uchun sertifikatlash talab qilinadigan tovarlar, xizmat ko’rsatish uchun litsenziya talab qilinadigan xizmatlarni tegishli sertifikat yoki litsenziya hujjati nusxasini taqdim etmasdan joylashtirish.

Yuqoridagi ro’yxatga kiritilgan tovar yoki xizmatlar ma’lumotlari saytda majudligi aniqlangan taqdirda, Internet-do’kon ma’muriyati bunday ma’lumotni tegishli tadbirkorni xabardor qilgan holda o’chirib tashlash huquqiga ega.

 

Получите Скидку в 2% Сейчас!

Зарегистрируйтесь сейчас и получите бесплатный купон-код по электронной почте!
 Зарегистрироваться прямо сейчас

Tovarlarga Telegramdagi @sim_sim_gr guruhimiz orqali ham buyurtma berishingiz mumkin! Bekor qilish

Buyurtma qo`shish Tovar omborda tugagan! Lekin biz Sizni tovar omborga kelganda xabardor qilishimiz mumkin. Iltimos, email manzilingizni qoldiring.
You need to Login for joining waitlist.
Cart
Your cart is currently empty.
SiM-SiM